3 160
Prezident: «Shuncha boyligimiz bo‘lib, elektr o‘chishlari, gaz yetishmovchiliklari oddiy holatga aylanib bo‘lgan»
Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar ishtirok etyapti.
Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma’ruza qilmoqda.
«Mana, gaz-neft bo‘yicha nechta rahbar o‘zgarib ketayotganini o‘zingizlar ko‘ryapsizlar. Neft-gaz bo‘yicha bironta bilimli, salohiyatli odam yo‘q, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yo‘q, kadrlar masalasi bo‘yicha hech kim shug‘ullanmagan.
Shuning uchun yer osti boyliklarimiz, xalqimiz bizdan kutgan natijalarni... shuncha boyligimiz bo‘lib, odamlarimizga salgina sovuq bo‘lsa elektr o‘chishlari, gaz yetishmovchiliklari hozirgi oddiy holatga aylanib bo‘lgan, lekin bu meni juda katta tashvishga solyapti va agar shu masalalarni joy-joyiga qo‘ymas ekanmiz, ertaga iqtisodiy barqarorlikka erishish juda qiyin bo‘ladi. Negaki, yoqilg‘i-energetika sohasisiz sanoatni rivojlantirish mumkin emas.
Mana, kamida 4,5 mlrd kVt/s elektr energiyani import qilyapmiz. Bu yil juda katta marra oldik - O‘zbekiston sharoitida birinchi marta 73 mlrd kVt/s elektr energiyani ta’minlash bo‘yicha. Bu juda katta marra, bunday marrani biron marta amalga oshira olmaganmiz», - deydi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi