
Korrupsiya O‘zbekistonga juda katta zarba beryapti. Bu fikr Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis palatalarining 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida bildirildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
- Ertaga murojaatnomada ham korrupsiyaga alohida etibor bermoqchiman. Negaki yonimizda bunday (korrupsioner) shaxslarga, bunday to‘dalarga o‘rin yo‘qligini hammamiz bildirishimiz kerak.
Korrupsiya bizga juda katta zarba beryapti, oyog‘imizga kishan bo‘lyapti. Kechirasiz-u, ko‘p-ko‘p qonunlar korrupsion to‘dalarga qarab qabul qilingan desak, bu ham to‘g‘ri. Ko‘p qonunlar, qarorlar shunday bo‘lgan, - deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing