O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) tarqala boshlagan pnevmoniya virusining (koronavirusning) yangi shaklidan 2020 yil 20 yanvar holatida jami 4 kishi vafot etganini xabar qilgan. Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ogohlantirdi.
Xitoyning mas’ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Pekin va Shenchjen shaharlarida bemorlarning aniqlangani ilk bor tasdiqlandi. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida ham 90dan ortiq kasallanish holati ro‘yxatga olingan.
Yangi koronavirusni yuqtirganlar Tailand, Yaponiya va boshqa davlatlarda ham aniqlangan, Vetnam va Singapurda ayrim bemorlarning ushbu virus bilan kasallanganligi gumon qilingan.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijda bo‘lib turgan yoki chet elga, xususan Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi va Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Koreya va Filippin) +8610-6532-6305 telefon raqami orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (Shanxay shahri, Anxoy, Chjetszyan, Szyansi, Szyansu, Xunan va Futszyan provinsiyalari)+8621-6307-1896 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi