Markaziy bank fuqarolarni ogohlantirdi

Markaziy bank aholini firibgar telegramm-kanallar paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi.
“"MARKAZIY BANK AKSIYASI" sarlavhasi bilan "ZAKAZ_MUI" deb nomlangan telegramm-kanalda tarqatilayotgan axborot Markaziy bankning kommunikatsion kanallariga aloqasi yo‘qligi va hech qanday asosga ega emasligini bildiramiz!
Rasmiy tashkilot nomidan noqonuniy faoliyat yuritilishi amaldagi qonunchilikning qo‘pol buzilishi hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun respublika huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi!”, - deyilgan xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing