16:38 / 23.01.2020
5 133

Endi to‘ylar qanday o‘tadi?

Endi to‘ylar qanday o‘tadi?
Buxoroda “to‘y” degan shirin bir orzu ortida “Tog‘ora yuborish”, “Kelinnavkari”, “Sep yoydi”, “Quda chaqirdi”, “Kuyov chaqirdi”, “Kelin chaqirdi”, “Ota ko‘rdi”, “Charlar” kabi marosimlar uchraydi.

Kimlardir o‘ylab topgan va urf-odatimiz deb talqin qilinadigan bu marosimlar quda-andalarni ancha tashvishga qo‘yadi. Dabdababozlikni keltirib chiqaradi.”Kimo‘zar” musobaqasiga aylanib ketadi. Hatto endigina qudachilik rishtalarini bog‘laganlar o‘rtasida kelishmovchilikka ham sabab bo‘ladi.

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining 2019 yil 14 sentabrdagi“To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”dagi qo‘shma qarori ana shunday holatlar oldini olish, to‘y va boshqa marosimlarni milliy qadriyatlarimiz asosida tartibli tashkil etishga qaratilgan, — deydi viloyat mahallalar kengashi boshqaruvi raisi Ahror G‘ulomov Vobkent tumanida ushbu muhim hujjat ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda. — Mazkur qo‘shma Qaror shu yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi.

Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, profilaktika inspektorlari, to‘yxona rahbarlari, FHDYO mudiralari, shuningdek to‘y-marosimlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etgan seminarda qaror mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi, to‘y va boshqa marosimlarni risoladagidek, kamchiqim o‘tkazish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xuddi shunday seminarlar viloyatning boshqa hududlarida ham o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi to‘ylar qanday o‘tadi?