Prezident parlamentga murojaatnomasida hukumatga propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida juda katta tafovut mavjud. Bu tizimni fuqarolarimizning oyog‘iga kishan qilganmiz. Fuqarolarimiz qayerda yashasa ham, ishlasa ham o‘sha yerda propiskadan o‘ta olishi kerak. Shuning uchun ham hukumat propiska masalasini ijobiy hal qiladigan tizim ishlab chiqishi lozim.
Parlament va hukumat 2020 yil 1 apreliga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqishi zarur.
Fuqarolarimiz bemalol O‘zbekistonning istalgan joyida propiskadan o‘tishini qonuniy ta’minlashimiz kerak.
Yuragimdagi bir niyatimni aytaman: vatanimiz ichida har bir inson kichik vataniga ega bo‘lsa, xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi