
Ijtimoiy tarmoqlarda 24 yanvar, juma kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida xona shifti ko‘chib tushganligi aks etgan videoxabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qurilish vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.
Ma’lum qilishlaricha, videoda aks etgan o‘quv xonasi Shayxontohur tumani Paxtakor ko‘chasi 3-uyda joylashgan bo‘lib, unda 2019 yilning oktabr oyidan beri dars mashg‘ulotlari olib borilmaydi, binoning o‘zi kapital ta’mirlash manzilli dasturiga kiritilgan.
«Bino 1950 yilda qurilgan. Kapital ta’mirga muhtoj mazkur binoning 3-qavatidagi 310-auditoriya shifti osilib qolgani sabab, 2019 yil oktabridayoq yopib qo‘yilgan», — deyiladi Qurilish vazirligi axborotida.
Alohida qayd etishlaricha, Toshkentda 24 yanvar kuni kunduzi kuzatilgan 2—3 ballik yerosti silkinishlari oqibatida xonadagi osilib qolgan shiftning 5 kvadrat metri ko‘chib tushgan.
«Holat yuzasidan Qurilish vazirligi tomonidan FVV va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzildi, voqea joyiga borilib, vaziyatni o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», — deya qo‘shimcha qilingan vazirlik axborotida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar