23:37 / 25.01.2020
9 758

Toshkentda qurilayotgan Magic City zamonaviy istirohat bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (video)

Toshkentda qurilayotgan Magic City zamonaviy istirohat bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (video)
Foto: Videodan kadr
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Magic City zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i qurilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati reportajida ko‘rsatildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar, shanba kuni ushbu hududga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan edi.

Foto: Videodan kadr
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, bir vaqtning o‘zida 450 nafar tomoshabin sig‘adigan Rimdagi Kolizey kabi amfiteatr, 6 ta zaldan iborat kinoteatr, 19 ta attraksiondan iborat ko‘ngilochar o‘yingoh, ertaknamo qasr, maydoni 8 500 kvadrat metr bo‘lgan musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi.

Foto: Videodan kadr
Bog‘ning asosiy qismi bo‘lgan okeanarium qurilishiga Polin Group kompaniyasi 1,5 million dollar investitsiya kiritgan.
Ikkinchi bosqichda 12 gektar huddudda tematik park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.

Foto: Videodan kadr
Shuningdek, bog‘ hududida Samarqanddagi Registon, Parijdagi Eyfel minorasi, Hindistondagi Toj Mahal kabi dunyoning diqqatga sazovor joylari majmuasi ham bo‘ladi, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta’minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qurilayotgan Magic City zamonaviy istirohat bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (video)