20:44 / 26.01.2020
24 313

Otlar haqida nimalar bilasiz? Avtomashinalar quvvati nima uchun ot kuchi bilan o‘lchanadi?

Otlar haqida nimalar bilasiz? Avtomashinalar quvvati nima uchun ot kuchi bilan o‘lchanadi?
Ot toq tuyoqli o‘txo‘r hayvonlar avlodi hisoblanadi. Otlar ko‘p asrlar mobaynida inson uchun asosiy transport vositasi va qishloq xo‘jaligida asosiy ish hayvoni bo‘lib kelgan. Bo‘yi 2,5 m gacha, balandligi esa 50 sm dan 185 sm gacha yetadi. Vazni 60 kg dan 1500 kg ( Belgiyada 1928 yilda tug‘ilgan Bruklin Syuprim nomli og‘ir yuk tashuvchi ot 1440 kg bo‘lgan) gacha boradi.

Otning oshqozoni oddiy tuzilishga ega, o‘t haltasi yo‘q, terisining junlari nisbatan kalta (1-4sm), jingalakligi kam uchraydi, peshonasining gajagi, yoli va dumi qillardan iborat.

Yosh otlar 1,5 yoshga yetgandanda jinsiy yetiladi. Lekin 3-3,5 yoshgacha nasl olishga qo‘yilmaydi. Otlar 5-6 yoshda o‘sishdan to‘xtaydi. Biyalar 4 yoshga to‘lganda birinchi qulun beradi, ularning bo‘g‘ozlik davri 11 oy 340 kunga yaqin. Sog‘in davrida (6-10 oy) sutkasiga 11-15 litr sut beradi. Sutidan qimiz olinadi.

O‘rta Osiyo xalqlari otni go‘sht olinadigan hayvon sifatida ham boqishadi. Yangi tug‘ilgan toychoq qulun, 2 yoshligi toy, 3 yoshidagisi g‘o‘non va 4 yoshlisi do‘non deb nomlanadi.

Otlarning sifati, ish qobiliyati va uzoq foydalanish imkoniyati ularni boqish va asrash sharoitiga bog‘liq. Otlarga asosan suli, arpa, javdar, makkajo‘xori doni, va sershira ozuqa (sabzi, lavlagi, kartoshka va silos) yem sifatida beriladi. Otlar kuniga 3 mahal sug‘oriladi.

Jeyms Uatt bug‘da ishlaydigan mashinani ixtiro qilganda uning imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yangi uskunaning kuchini ot kuchi bilan solishtirishga majbur bo‘ldi. Natijada yangi kuch birligi, ot kuchi kiritildi. Otlarni ippologiya fani o‘rganadi.

Manba: @ekologuz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otlar haqida nimalar bilasiz? Avtomashinalar quvvati nima uchun ot kuchi bilan o‘lchanadi?