Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu. 22 yanvar, chorshanba kuni yashash uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan. 23 yanvar, payshanba kuni esa IIBdan murdasi chiqqan. Bu haqda xabar bergan marhumning yaqinlariga ko‘ra, A.Yu. IIB xodimlarining kaltaklashi oqibatida vafot etgan.
Marhum yaqinlaridan Bahodir Xoliqovning aytishicha, marhum A.Yu. Langar qishlog‘ida o‘g‘irlanayotgan chorva mollari o‘g‘riligida gumon qilingan.
— 22 yanvar kuni soat chamasi 17:30 larda marhumning uyiga borgan IIB xodimlari uni tuman IIBga olib ketgan, — deydi Bahodir Xoliqov. — Ertasi kuni esa uning vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Marhumning akasi Shuhrat Abdurahmonov ukasini olib ketgan xodimlar 4 nafar kishi bo‘lganini, ammo ukasi nima sababdan olib ketilayotganini aytishmaganini bildirdi.
— 4 nafar IIB xodimi uyga keldi, — deydi Shuhrat Abdurahmonov. — Ularning 3 nafar formada edi, bir nafari esa fuqaro kiyimidagi xodim edi. «Mahalla idorasiga olib boramiz», deyishdi. 23 yanvar kuni soat 11:00 da esa mahalla raisi Usmon Abdurahmonov kelib, ukam IIBda vafot etganini aytdi.
Qarindoshlarning ta’kidlashicha, marhum mol bozorida chorva mollari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Shuhrat Abdurahmonovning aytishicha, Langar qishlog‘iga borgan prokuratura vakillari marhumni IIB xodimlari urib o‘ldirganini aytib, 2 nafar xodim qo‘lga olinganini ta’kidlagan.
23 yanvar kuni viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chiroqchi tuman IIB rahbari Fazliddin Yusupov tumanning Langar qishlog‘idagi mol o‘g‘riligida gumon qilinganlar to‘dasi qo‘lga olinganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti