
Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirida 19 yoshli oilali ayol J.A. 2019 yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro M.ga 5 ming dollarga sotib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar