20:22 / 28.01.2020
2 312

Filippin Xitoy fuqarolariga viza berishni to‘xtatib qo‘ydi

Filippin Xitoy fuqarolariga viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
Filippin immigratsiya byurosi Xitoy fuqarolariga yangi koronavirus xavfi tufayli mamlakatga kirishda beriladigan vizani to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Byuro vakili Xayme Morentega ko‘ra, xitoylik sayyohlar uchun 2017 yildan beri aeroportga kelib qo‘ngandan so‘ng viza olish imkoniyati yaratilgan va ular ko‘pincha bundan foydalanardi.

«Biz hozir guruh bo‘lib keladigan sayyohlar oqimini kamaytirish uchun Xitoy fuqarolariga mamlakatga kirganda beriladigan vizalarni vaqtincha to‘xtatdik. Biz ularga Filippinga kirishni man etayotganimiz yo‘q, balki sayyohlar oqimini kamaytirish orqali mamlakatga yangi koronavirus kirib kelishining oldini olmoqchimiz», — dedi Morente.

Ma’lumot uchun, oldinroq Filippin rasmiylari Uxandan barcha aviareyslarni to‘xtatib qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Filippin Xitoy fuqarolariga viza berishni to‘xtatib qo‘ydi