09:20 / 29.01.2020
3 405

Shokoladning yana bir foydali jihati aniqlandi

Shokoladning yana bir foydali jihati aniqlandi
Mutaxassislar shokolad qon bosimini barqarorlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilishdi, deydi “hotgeo.ru”. Ma’lum bo‘lishicha, shirinlik qon tomirlarining kengayishiga yordam beradi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kakao normal yurak faoliyati uchun samarali vosita hisoblanadi. U nafaqat qon tomirlarining kengayishiga yordam beradi, balki yuqori qon bosimiga ijobiy ta’sir qiladi va uni tiklaydi.

O‘tkazilgan tadqiqot jarayonida 18-27 yoshdagi 30 nafar sog‘lom yoshlar ishtirok etishdi. Barcha ko‘ngillilar ikki guruhga bo‘lindi va tadqiqot davomida har biriga 20 gramm shokolad berildi. Ularning ba’zilarida taxminan 55 foiz kakao loviyalari, qolganlarida shunga o‘xshash shirinlik mavjud bo‘lgan.

Natijada shokolad iste’mol qilish ikkala guruh vakillarining qon tomirlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi, ammo bu kakao miqdori yuqori bo‘lgan shirinlikni iste’mol qilgan odamlarda ko‘proq natijani qayd etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday ta’sirning sababi flavonoidlar — qon tomirlari devorlarini kengaytirishi mumkin bo‘lgan moddalardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shokoladning yana bir foydali jihati aniqlandi