
Foto: «Study in Russia»
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi mamlakatga 2019 yilda o‘qishga kelgan xorijiy talabalar sonini aniqladi. Yakunda RF ga qaysi mamlakatlardan eng ko‘p talabalar kelib o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi.
O‘ziga xos bu reytingda qozog‘istonliklar yetakchi, turkmanlar esa ikkinchi o‘rinda.
Rossiyada tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
1. Qozog‘iston — 44 ming talaba;
2. Turkmaniston — 30 ming talaba;
3. O‘zbekiston — 23,5 ming talaba;
4. Xitoy — 15,4 ming talaba;
5. Tojikiston — 12 ming talaba.
Vazirlik ma’lum qilishicha, xorijdan borgan talabalar asosan iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va huquqshunoslik yo‘nalishlarini tanlashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar