
Foto: Vodiy bozor kanali
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yana jamoatchilik e’tibori markazida. Bu safar u qimmatbaho xizmat mashinasi olgani bilan ko‘pchilikni o‘ziga qaratdi.
Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon ko‘chalarini to‘ldirib yurgan qop-qora va yap-yangi «TAHOE» avtomobili suratlari paydo bo‘ldi. Mazkur ulov viloyat hokimining navbatdagi xizmat mashinasi ekani aytilayotir. Bunga dalil tariqasida «TAHOE»ga «hokimga tegishli» 60 001 AAA davlat raqami qadalgani ko‘rsatilmoqda.
Yaqinda hokim bir intervyuda «Prado» (JIP) xizmat mashinasidan foydalanishini aytar ekan, bu «viloyatning obro‘si» ekanini urg‘ulab, u shaxsiy emasligini ham qistirib o‘tgandi. Xizmat mashinasi shaxsiy mulk emas, to‘g‘ri. Biroq u soliq to‘lovchilar puliga xarid qilinishi e’tiborga olinsa, qimmatbaho xizmat mashinasidan ko‘ra mahalliy budjet mablag‘ini tejab-tergab, xayrli yumushga sarflash hokimga ham, hududga ham ko‘proq obro‘ olib keladi.
Yangi «TAHOE»ning narxi esa naq 795 million so‘m ekanidan ko‘plarning xabari bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar