
OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yangi jamoat fondining Vasiylik kengashi tuzildi. AOKAning sobiq direktori Komil Allamjonov Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosariga aylandi.
2020 yil 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.
Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosari etib saylangan.
Ma’lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalar hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar