12:53 / 01.02.2020
4 959

Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi
Foto:«Tergov.uz»
1 fevral kuni taxminan soat 08:30 larda 19 yoshli Sh.B. o‘zining boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinasida «Guliston-Zarbdor» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotgan.

Natijada yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, fuqaro 21 yoshli S.M.ning boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Foto:«Tergov.uz»
Natijada «Damas» rusumli avtomashina haydovchisi S.M., yo‘lovchilari 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek 24 yoshli S.A.,ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamiga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi