4 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik litsey direktorlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti tomonidan 31 yanvar kuni davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarini ilmiy metodik ta’minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM belgilandi.
Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari etib belgilandi.
Mazkur OTMlarga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bazaviy ta’lim muassasalarining mas’ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi