O‘zbekiston Xitoy hududidagi fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonida ikkinchi charter reysni amalga oshirdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini olib uchgan samolyoti bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:42da Toshkent aeroportiga yetib keldi.
Samolyotda Uxandan evakuatsiya qilingan 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari vatanga olib kelindi.
Bu samolyot yo‘lovchilari ham koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.
«Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan samolyotdagi yo‘lovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning ust-boshi hamda yuklarini to‘liq zararsizlantirish choralari ko‘rilmoqda. Shundan so‘ng ularni maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasiga joylashtirish ko‘zda tutilgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66.
4 fevral kuni O‘zbekiston Xitoydan 250 nafar fuqarosi evakuatsiya qilgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ushbu fuqarolarda koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi