date
views 5 610

G‘ijduvonda moyjuvoz fosh etildi

G‘ijduvonda moyjuvoz fosh etildi
Majburiy ijro byurosining G‘ijduvon tuman bo‘limi o‘tkazilgan tadbir davomida, G‘ijduvon tumani, «Sarmijon» MFY «Qo‘rg‘on» qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.Muzaffarov qonunga xilof ravishda yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda yasalgan 1 dona juvoz uskunasini subiste’molchi sifatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligisiz elektr tarmog‘iga bevosita ulab, chigit mahsulotidan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarayotganligi aniqlangan hamda undan bir dona juvoz uskunasi, 300 litr o‘simlik yog‘i, 10 kg. chigit va boshqa turli hajmdagi yelim idishlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Fuqaro Sh.Muzaffarovdan olingan o‘simlik yog‘ini sifatini aniqlash maqsadida tayinlangan sud-kimyo ekspertizasining 14.01.2020 yildagi xulosasida yashirin sexda ishlab chiqarilgan yog‘ mahsuloti paxta chigitidan qo‘lbola usulda olinganligi, ushbu o‘simlik yog‘i iste’mol qilinganda oshqozon-ichak, jigar a’zolariga salbiy ta’sir etib, mahsulotdan o‘tkir va surunkali zaharlanish holatlarini keltirib chiqarishi qayd etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan Sh.Muzaffarovga nisbatan JKning 186-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun G‘ijduvon tuman prokuraturasiga yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘ijduvonda moyjuvoz fosh etildi