22:23 / 05.02.2020
3 456

Birinchi marta koronavirus onadan homilaga yuqishi qayd etildi

Birinchi marta koronavirus onadan homilaga yuqishi qayd etildi
Uxan bolalar shifoxonasi shifokorlari yangi tug‘ilgan ikki chaqaloqda yangi koronavirus aniqlashdi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib "Xalq so‘zi" xabar bermoqda.

Ikki go‘dakning eng kichigida koronavirus tug‘ilishdan atigi 30 soat o‘tgach aniqlangan. Shifokorlar infeksiyaning vertikal ravishda yuqqaniga, ya’ni homiladorlik paytida yoki bolaning tug‘ilish kanalidan o‘tish paytida yuqtirganligiga taxmin qilishmoqda.

Ikkala chaqaloqning ham ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 492 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Shundan 490 nafari Xitoy fuqarolaridir. Uxandagi infeksiyadan vafot etgan bemorlarning o‘rtacha yoshi — 68 yosh.

Xitoydagi virus yuqtirganlarning umumiy soni 24 ming kishidan oshgan, 892 kishi esa tuzalgan.

Virus bilan bog‘liq holatlar Belgiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Hindiston, Italiya, Avstraliya, Filippin, Malayziya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiya, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka, Singapur, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Tailand, Tayvan, Yaponiyada, AQSH va Rossiya davlatlarida ham aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Birinchi marta koronavirus onadan homilaga yuqishi qayd etildi