23:56 / 05.02.2020
3 009

Xalq banki tizimdagi nosozlik haqida vaqtida xabar bermadi: Fuqarolar norozi bo‘lishdi

Xalq banki tizimdagi nosozlik haqida vaqtida xabar bermadi: Fuqarolar norozi bo‘lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 fevraldagi PQ–4193-son qaroriga asosan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining serverlarida profilaktika ishlarini ish vaqtidan tashqarida olib borish, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan o‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridagi nosozliklar haqida Davlat xizmatlari agentligini xabardor qilish, shuningdek, ularni zudlik bilan tuzatish choralarini ko‘rish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.

Shu munosabat bilan Davlat xizmatlari agentligi tomonidan profilaktika tadbirlarini ish vaqtidan tashqarida olib borish va bu haqda Agentlikni o‘z vaqtida xabardor qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar bir necha marta rasman ogohlantirilgan bo‘lsa-da, AT “Xalq banki”ning axborot tizimida yuzaga kelgan nosozliklar haqida Agentlik xabardor qilinmadi.

Oqibatda, tizimda nosozliklar bo‘lgan vaqtda Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmadi. Bu esa fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha AT “Xalq banki”ning mas’ul xodimi Agentlik tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ma’lumot tariqasida, joriy yilning yanvar oyida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 201 nafar aybdor xodimlari ma’muriy va 20 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi.

Manba: hudud24.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq banki tizimdagi nosozlik haqida vaqtida xabar bermadi: Fuqarolar norozi bo‘lishdi