
Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»
Koronavirusning tarqalishi tufayli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi.
Har ikki tomondan biologik xavfsizlik choralariga rioya qilish virusologiya mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nazorat qilindi.
Pekindan yo‘lovchilar bilan uchinchi reys Toshkentga mahalliy vaqt bilan 4:40 da yetib keldi. Samolyot bortida 251 yo‘lovchi, ekipaj a’zolari va zamonaviy himoya vositalari bo‘lgan tibbiyot vakillari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni charter reys bilan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi Xitoydan olib kelingandi.
5 fevral kuni esa Uxandagi o‘zbekistonliklar keltirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar