date
views 5 115

Er-xotinni o‘ldirib, farzandining og‘zini skotchlab ketganlar shu xonadonda ishlagan ustalar bo‘lib chiqdi

Er-xotinni o‘ldirib, farzandining og‘zini skotchlab ketganlar shu xonadonda ishlagan ustalar bo‘lib chiqdi
Joriy yilning 6 yanvar kuni Qo‘qonda er-xotin o‘z yotoqxonasida o‘ldirilib, farzandining og‘zini skotchlab ketilgani haqida xabar berilgandi. «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, qotillarning shaxsi aniqlangan.

Jinoyatchilarning shaxsini aniqlash uchun uyga yaqinroq joylarga o‘rnatilgan videokameralarda muhrlangan tasvirlardan foydalanilgan. Unda o‘sha qotillik ro‘y bergan kuni xonadon atrofida notanish Matiz aylanib yurgani aks etgan. Tergov jarayonida esa qotillar ana shu mashina ichidagi 3 nafar shaxs bo‘lib chiqdi. Ularning maqsadi esa shu uydan pul o‘marish bo‘lgan.

Aniqlanishicha, qotillik O‘zbekiston tumanida yashovchi Matiz avtomobilining egasi, uning Ovchi va Xonobod qishlog‘ida yashovchi ikki do‘sti bilan amalga oshirilgan.
O‘g‘rilar xonadonga kirganida uy egalari uyg‘onib ketgan va jinoyatchilar ularni pichoq bilan o‘ldirishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikda gumonlanayotgan shaxslar 2019 yilning mart-aprel oylarida shu xonadonda qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borgan. Ular ishlab yurgan kezlarida uy egasining telefon orqali kimlar bilandir gaplashganini va unda uyda katta miqdordagi pul borligini eshitib qolishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er-xotinni o‘ldirib, farzandining og‘zini skotchlab ketganlar shu xonadonda ishlagan ustalar bo‘lib chiqdi