date
views 3 138

O‘zbekistonda hayvonlarni ovlashga 3 yillik moratoriy e’lon qilinishi mumkin

O‘zbekistonda hayvonlarni ovlashga 3 yillik moratoriy e’lon qilinishi mumkin
Foto: Google Images
O‘zbekistonda hayvonlarni ovlashga 3 yillik moratoriy e’lon qilinishi mumkin. Bu haqdagi Prezident qarorining loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan muhokama uchun e’lon qilindi.
Qaror loyihasida qayd etilishicha, mazkur taklif Davlat ekologiya qo‘mitasi, Ekologik partiya va jamoatchilik tomonidan berilgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, moratoriy 2020 yil 1 martdan 2023 yil 31 dekabrgacha amal qiladi. Bu davrda hayvonlarni ovlashga, ilmiy va tibbiy maqsadlardan tashqari, ruxsat berish taqiqlanadi.

Shuningdek, yaqin oylarda quyidagilar rejalashtirilmoqda:
- davlat boji, shuningdek, hayvonlarni ovlash uchun to‘lov miqdorini oshirish;
- brakonerlik, ayniqsa, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarga nisbatan brakonerlik uchun javobgarlikni oshirish;
- ov qilish bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish.
Mazkur choralar respublikadagi o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlash va rivojlantirishga yordam berishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hayvonlarni ovlashga 3 yillik moratoriy e’lon qilinishi mumkin