date
views 3 556

10,0 mln. so‘mdan ortiq tilla taqinchoqlarni chegaradan“Shampun" idishida olib o‘tgan ayol jazoga tortildi

10,0 mln. so‘mdan ortiq tilla taqinchoqlarni chegaradan“Shampun" idishida olib o‘tgan ayol jazoga tortildi
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Abdullayeva Nodiraxon Muxamatjonovna 2019 yil 23 oktabr kuni soat 19:00 larda Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga Quvasoy shahar “O‘zbekiston” chegara bojxona posti orqali piyoda harakatlanayotgan vaqtida unga tegishli bo‘lgan qo‘l so‘mkasi bojxona punktidagi rentgen apparatidan o‘tkaziladi. Va ushbu “qo‘l” so‘mka bojxona xodimlari tomonidan rentgen apparatida “shubhali” narsa borligi haqida signal beradi.

Shundan so‘ng bojxona xodimlari N.Abdullayeva ayol kishi bo‘lganligi bois boshqa yo‘nalishda xizmat olib borayotgan D.Oxtayevani chaqiradi. Shu vaqt oralig‘ida huquqbuzar N.Abdullayeva shampun va poroshoklarni ko‘ylagining yengiga yashirib qo‘yishga erishadi. Bojxona xodimlari tomonidan bir necha bor ayolning so‘mkasi rentgen apparatidan o‘tkazilganiga qaramay “shubhali narsa” ko‘rinmaydi. Biroq bojxona xodimlari tomonidan dastlabki o‘tkazilgan rentgenda esa N.Abdullayevaning so‘mkasida "shubhali narsa" borligi ma’lum bo‘ladi.

Tezkor xodimlar tomonidan va bojxona xizmat iti yordamida tezkor harakatlar o‘tkaziladi, biroq ushbu harakatlar samarasiz bo‘ladi.
Shundan so‘ng bojxona xodimi D.Oxtayeva N.Abdullayevani ko‘rikdan o‘tkazish uchun xolislar ishtirokida alohida xonaga taklif qiladi. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazadi va huquqbuzar N.Abdullayeva tomonidan bojxona sumkasi ichidagi “Belux” nomli shampun idishi ichidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovlarida aytilmagan 63.22 gramm og‘irligidagi 6 dona uzuk hamda 14 juft sirg‘alar bo‘lgan umumiy bahosi 10.621,0 ming so‘mlik tillo taqinchoqlar borligi aniqlanib, ular daliliy ashyo sifatida olinadi.

Ushbu tillo uzuk va sirg‘alarni N.Abdullayeva tezkorlik bilan ko‘ylagining yeng qismiga yashirganligi aniqlanadi.
Huquqbuzar N.Abdullayeva tomonidan tillo taqinchoqlar borligi haqida bojxona xodimasi so‘ramaganligi yuzasidan bergan ko‘rsatmasi sudda o‘z isbotini topmagan, chunki N.Abdullayevaga tillo taqincholarini taqdim qilish taklif qilinganida faqatgina qo‘lidagi uzugi va qulog‘idagi sirg‘alarni taqdim qilgan xolos. Shampun idishga solingan va yashirib qo‘yilgan uzuk va sirg‘alar taqdim qilinmagan.

Quva tuman ma’muriy sudida N.Abdullayevaning qilmishi o‘z isbotini topdi hamda unga nisbatan ayolligi va qaramog‘ida 4 nafar farzandi borligini inobatga olib, sud jazo sanksiyasida belgilangan eng kam jazodan ham kamrog‘ini, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, ya’ni 669,0 ming so‘m jarima jazosi tayinlab, 10 621,0 ming so‘mlik tillo taqinchoqlarni davlat foydasiga undirdi.

Quva tuman
ma’muriy sudi raisi
A.Jumayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 10,0 mln. so‘mdan ortiq tilla taqinchoqlarni chegaradan“Shampun" idishida olib o‘tgan ayol jazoga tortildi