
Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 19.03.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “NEFTGAZMAXSUSQURILISH UNITAR KORXONASI” dan undiruvchi Chilonzor tuman DSI foydasiga soliq qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor korxonaning soliq qarzdorlik hisobiga Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi uy xatlanib, elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali sotildi va sotuvdan tushgan pul mablag‘idan 5 mlrd. 828 mln. 294 ming so‘m Chilonzor tuman DSI ning soliq qarzdorlik hisobiga undirilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar