Xalq banki G‘ijduvon filialiga pul olish maqsadida kelgan fuqaro Telmon Haydarov o‘z navbatini kutish uchun bank binosida fuqarolar uchun tashkil etilgan o‘rindiqqa o‘tiradi. Oradan biroz vaqt o‘tib tusatdan fuqaro qaltirab baqira boshlaydi va yerga yiqiladi.
Bankda o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Buxoro viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi 10-Alohida otryad xodimilari safdorlar Davronov Muxriddin hamda Maxmudov Azizbeklar tez tibbiy xodimlari yetib kelgknga qadar fuqaroga darhol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishadi.
Azizbek Maxmudov-safdor: - "Shu kuni biz ertalabgi yuriqnomani olib ish boshlaganimizdan keyin sherigim bilan xizmat vazifamizni o‘tayotganimizda fukar Telmon Xaydarov bankga kirib keldi. Kutib turgan vaqtida birdan baqirdi va yerga yiqildi. Xamkasbim bilan uning oldiga darhol yetib bordik va yordam berishga harakat qildik. Qarasak uning tutkanog‘i tutayotgan ekan. bu vaqtda qanday harakatlanish kerakligi bo‘yicha bizda tushunchamiz borligi sababli uni darhol chalqancha yotqizib, qoshiq orqali tilini ushlab turdik va nafas olishini ta’minladik".
Shundan sung voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari bemor holatini nazoratdan o‘tkazganidan so‘ng bemor xolati yaxshilandi. Shifokorlarning fikricha, bemorga Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Tez tibbiy yordam shifokorining so‘zlariga ko‘ra, agar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida kerakli yordam ko‘rsatmaganida fuqaro voqea joyida vafot etishi ham mumkin bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi