Choyxonaning noqonuniy ulanmasi fosh etildi

Choyxonaning noqonuniy ulanmasi fosh etildi
Tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlarga qaramasdan ularning orasida buni suiiste’mol qilayotganlari ham uchrab turibti.
Majburiy ijro byurosi Izboskan tumani bo‘limi xodimlarining o‘rganishlari natijasida tumanning Qo‘g‘ay mahallasi hududida joylashgan choyxona va sauna faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ob’yekt egasi tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Bir qarashda suyultirilgan gazdan foydalanayotgandek ko‘ringan joyda choyxona egalari tabiiy gaz tarmog‘iga ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani ma’lum bo‘ldi.
Byuro xodimlari tomonidan holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ob’yekt tabiiy gaz tarmog‘idan ajratildi. Hozirda zarar summasini hisoblash ishlari amalga oshirilyapti.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar