
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 11 fevral kuni soat 09:00lar atrofida Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida poyezd va “Damas” ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatiga ko‘ra, “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. harakatlanayotib, qalin tuman tushganligi sababli yo‘ldan chiqib ketgan va birinchi bo‘lim qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l ob’ektida poyezd bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar