Foto: IIV axborot xizmati
Qozon shahrining Sovetskiy tuman sudi qaroriga binoan, O‘zbekiston fuqarosi Viktor Kim ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda «Realnoye vremya»ga tayanib Kun.uz nashri.
11 fevral kuni sud prokurorning 2019 yil oktabr oyida hibsga olingan 32 yoshli Viktor Kimga qamoq muddatini uzaytirish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqadi.
O‘zbekistonda u 162 milliard rubl (2,5 million dollar) ekvivalenti miqdorida yetkazilgan zarar bilan bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda, deb xabar tarqatdi Qozon OAV shaharning Sovetskiy tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib.
Qayd etilishicha, Viktor Kimga nisbatan sirtdan ayblov Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan 2016 yil may oyida taqdim etilgan. Prokuratura uni davlatlararo qidiruvga bergan.
UzNews xabariga ko‘ra, Viktor Kim O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi veb-saytida qidiruvga berilganlar ro‘yxatida turibdi.
Unga pulni o‘g‘rilik, firibgarlik, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish va boshqa ayblovlar qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”