
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Yil davomida tegishli amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash doirasida respublika bo‘yicha:
- 10 ta xalqaro va 114 ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish;
- 26 ta avtostansiya qurish va rekonstruksiya qilish;
- 296 ta oraliq bekatlarni qurish;
- 600 ta yangi avtobuslar sotib olish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Transport vazirligi, tijorat banklari, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zavtosanoatlizing” MCHJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar