15:25 / 13.02.2020
2 742

Toshkentda saxovat ishlari davom etmoqda

Toshkentda saxovat ishlari davom etmoqda
Savob amallar inson umrini uzaytiradi, go‘zal qiladi. Kimningdir hojatini chiqarish, saxovat ko‘rsatish avvalo xalqimizga xos va mos fazilatdir. Shu ma’noda Majburiy ijro byurosi tizimida xizmat qilayotgan soha vakillari ham shunday ishlarga bel bog‘lashgan.
Tumandagi “Katta Qani” mahallasi Lutfiiy ko‘chasidagi bi xonadonning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi 5 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan iste’molchilarning energiya resurslaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring tekshiruvida J.Egamberidiyevning xonadoni tarmoqdan o‘chirilganligini guvohi bo‘lishadi.

Xonadon muqaddam qarzdorlik sabab tarmoqdan uzilgan, hozirgi kunga qadar tabiiy gazdan foydalanmay kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida iste’molchi haqiqatdan ham qiynalganligi va yashash sharoiti og‘irligi tufayli hozirgi kunda kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan.

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari bu holatga qo‘l qovushtirib turmadi. Xonadonni qishning shunday sovuq kunlarida o‘tin yoki ko‘mir bilan isitishayotganini ko‘rib darhol saxovatpesha, savobtalab insonlarni qidirishga kirishdi. O‘zidan orttirib kimningdir og‘irini yengil qilaman deb niyat qilgan insonlar yo‘q emas. Aksincha ko‘p. Shunday saxovatli tadbirkorlardan biri astoydil bu ishga qo‘l urdi. Tabiiy gazdan bo‘lgan 5 mln. so‘mlik qarzdorlikni bir zumda to‘lab berdi. Byuroning tuman bo‘limi xodimlari esa shu zahotiyoq xonadonni yana tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berishdi.

Shuningdek, joriy yilning 3 fevral kuni Uchtepa tumani, O‘rikzor mahallasi G‘azalxon ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadoni tegishli tartibda o‘rganilganda iste’molchi G.Rasulovaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi 500,0 ming so‘mni, tumandagi O‘rikzor mahallasi, Dilnavo ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro tegishli tartibda o‘rganilganda iste’molchi N.Yusufjonovaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi 2,0 mln. so‘mga yetganligi aniqlangan.

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat inspektori Ulug‘bek Razzoqovning va mahalla raislarining sa’yi harakatlari va saxiy homiylar tomonidan mazkur ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki oilaning ham tabiiy gaz to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligi to‘lab berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda saxovat ishlari davom etmoqda