17:18 / 13.02.2020
3 406

Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi

Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi O.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Haydovchi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz harakatlanganligi, avtomashinada chigitlanmagan paxta xom-ashyosini olib ketayotganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

IIB YHXB boshlig‘i A.Tovboyev tomonidan haydovchi O.B.ga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi O.B. tuman IIB YHXB boshlig‘i A.Tovbayevga paxta xom-ashyosini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirmaslik va transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif etgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi O.B. tuman YHXB boshlig‘i O.Tovboyevga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi