18:18 / 13.02.2020
3 861

O‘zbekistonga Rossiyadan 4ta Mi-35M vertolyotlari olib kelindi (foto)

O‘zbekistonga Rossiyadan 4ta Mi-35M vertolyotlari olib kelindi (foto)
Rossiya O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ixtiyoriga to‘rtta Mi-35M vertolyoti yetkazib berdi. Ayni vaqtda ushbu vertolyotlar Toshkent xalqaro aeroportida turibdi, deb xabar beradi «Novosti Tashkentskogo neba» kanali.
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekistonga 2 yil ichida jami 12 ta jangovar vertolyotlar yetkazib berishi lozim.

Ushbu Mi-35M vertolyotlari dushmanning zirhli texnikasini yo‘q qilish va quruqlikdagi qo‘shinlarni havodan qo‘llab-quvvatlash xususiyatlariga ega. U zamonaviy qurol-yaroqqa ega bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi. Bu kabi vertolyotlar odamlarni tashish uchun ham mo‘ljallangan.

Foto: «Novosti Tashkentskogo neba»

Foto: «Novosti Tashkentskogo neba»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga Rossiyadan 4ta Mi-35M vertolyotlari olib kelindi (foto)