07:20 / 14.02.2020
4 709

Rashid Xoliqov BMW X7 va Malibu voqeasidan so‘ng «zapret»ga tushgani rad etildi

Rashid Xoliqov BMW X7 va Malibu voqeasidan so‘ng «zapret»ga tushgani rad etildi
Foto: Instagram/@rashidkhalikov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov 2020 yil 4 yanvar kuni bobo bo‘lgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng Rashid Xoliqov o‘g‘il nevarani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo mashinasini, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg‘a qilgan edi.

Jarayon xonandaning san’atkor do‘stlari tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, holat jamoatchilik o‘rtasida turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Rashid Xoliqov «shu qilmishi uchun» «zapret»ga tushgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorovning «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, bu gap-so‘zlar asossiz.
«Rashid Xoliqov haqida tarqalgan gap-so‘zlar asossiz. Bugungi kunda birorta xonandaning ‘O‘zbekkonsert’ bilan, shuningdek, litsenziya masalasida muammosi yo‘q. Kimdadir muammo bo‘lsa, u ham litsenziya uchun qonunchilikda belgilangan bojni to‘lamagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin», — dedi «O‘zbekkonsert» rahbari.

Rashid Xoliqovning administratori Ravshan Xoliqov ham xonandaning «zapret»ga tushgani haqida tarqalgan ma’lumotlarning asossiz ekanligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday asossiz gap-so‘zlar, mish-mishlar so‘nggi to‘rt-besh yildan buyon muntazam tarqaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rashid Xoliqov BMW X7 va Malibu voqeasidan so‘ng «zapret»ga tushgani rad etildi