7 191
«Kamolon» mahallasida erini o‘ldirgan kelin va uning jazmaniga sud hukmi o‘qildi (video)
Skrinshot: «Markaziy studiya»
2019 yilning oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning «Kamolon» mahallasida 26 yoshli yigit 24 yoshli rafiqasi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bunga yigit rafiqasini so‘kib haqorat qilgani va u bilan ajrashmoqchi ekanini aytgani, ayol buning uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgani sabab ekani ma’lum qilingandi.
Holat yuzasidan 5 oktabr kuni Toshkent shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor-tergov harakatlarida, Kamolaxon A. turmush o‘rtog‘i Abbos A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizo sababli uni qasddan o‘ldirish haqida qarindoshi Otabek H. bilan jinoiy til biriktirgani ma’lum bo‘lgan. Jinoiy rejalarini amalga oshirishda Otabek H. 4 oktabr kuni soat taxminan 19:00 da Abbos A.ning uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, Kamolaxon A. bilan birga Abbos A.ni o‘ldirish uchun qulay fursat kutgan.
Otabek H. 5 oktabrga o‘tar kechasi soat taxminan 3:00 da Abbos A.ni uxlagan deb o‘ylab, yotoqxonaga kirgan, biroq Abbos A. uyg‘oq bo‘lgani sababli uning ustiga chiqib, yuz qismiga chap qo‘li mushti bilan bir necha zarba bergan, so‘ngra oldindan tayyorlab qo‘yilgan dazmol elektr simi bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘a boshlagan. Natijada Abbos A. o‘ziga bo‘layotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoshlarini yordamga chaqira boshlagan vaqtda Kamolaxon A. o‘z turmush o‘rtog‘ining yuziga yostiq bilan bosib, uning nafas yo‘llarini berkitib, Abbos A.ni qasddan o‘ldirgan.
5 oktabrda yuz bergan qotillik bo‘yicha tergov harakatlaridan keyingi jinoiy sud jarayoni ham yakuniga yetdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tgan sud majlisida marhumning oila a’zolari ham ishtirok etgan. Sudda Otabek H.ga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishda ishtirok etgan Kamolaxon A.ga esa 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi