Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida qidiruvdagi firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati inspektori, serjant Mag‘rur Sharifboyev tuman hududida «Avtokon» moslamasi bilan xizmat olib borayotgan vaqtida Nexia-3 rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Haydovchi bilan uning qarzdorligi to‘g‘risida gaplasha boshlagan vaqtida avtomobil salonida o‘tirgan yo‘lovchiga e’tibor qaratadi.
YPX inspektori, serjant Mag‘rur Sharifboyev
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Mashinadagi yo‘lovchi o‘zini bir oz shubhali tutadi. Bu holat YPX inspektorining e’tiborini tortadi. U o‘z shubhasini tekshirib ko‘rish uchun yo‘lovchini tuman ichki ishlar boshqarmasiga olib keladi.
Yo‘lovchining ma’lumotlari kompyuterdagi maxsus dastur orqali tekshirilganida shubhalanish asossiz bo‘lmagani oydinlashdi. Tekshiruvga jalb qilingan fuqaro A.O.ga nisbatan Toshkent viloyati, Zangiota tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning 3-qismi «b» bandiga asosan jinoyat ishi ochilib, unga nisbatan 2019 yil 20 dekabr kuni qidiruv e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi