Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudining
2019 yil 20 martdagi aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatiga asosan, qarzdor N.M.dan sobiq turmush o‘rtog‘i, undiruvchi E.E.ga voyaga yetmagan uch nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorda voyaga yetguncha aliment undirish lozim edi.
Davlat ijrochilari aliment undiruvi borasidagi ijro harakatlari olib borilishida taraflarning o‘zaro kelishuvi, hatto yarashuviga ham katta e’tibor berilgani o‘z samarasini bermoqda.
Bu so‘zlarimizga birgina misol, yuqorida qayd etilgan sobiq er-xotinlarning uch nafar farzand oldidagi burchlari va mas’uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa’y-harakatlar natijasida ushbu oila MIB tashabbusi bilan qayta tiklandi.
Shu o‘rinda, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida MIB Guliston shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan 30 ta oila qayta tiklandi. Bunday xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz. Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Bunday xayrli ishlar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi