13:30 / 17.02.2020
3 329

Bojxonachilar tanganing ikkinchi tomoniga e’tibor qaratishdi

Bojxonachilar tanganing ikkinchi tomoniga e’tibor qaratishdi
Zahri qotilning katta kichigi bo‘lmaydi. Qonunchiligimizga ko‘ra, mamlakatimiz hududiga jismoniy shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalarini olib kirish qat’iyan taqiqlangan.

Biroq shunga qaramasdan giyohvandlik vositalarini bojxona chegaralari orqali olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar hamon uchramoqda.
Xususan, kuni-kecha Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.Z. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning egnidagi kiyimlari orasidagi bir biriga yopishtirilgan tangalar bojxonachilar e’tiborini tortdi.
Tekshiruv davomida tangalar bir biriga yelim emas “gashish” giyohvandlik vositasida yopishtirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar tanganing ikkinchi tomoniga e’tibor qaratishdi