
Endilikda Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun har oyda ikki marotaba madaniyat maskanlarida ma’naviyat darslari tashkil qilinadi. Bu o‘z navbatida xodimlarning ruhiyatini ko‘tarishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan ish unumdorligiga hissa qo‘shishi mumkin. Mazkur tashabbusni birinchi bo‘lib Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlab berdi.
Bugun Byuroning Toshkent shahar boshqarmasida mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Erta tongdan kechgacha doimiy ravishda bahsli vaziyatlar, ur-to‘polonda ishtirok etish, kechga borib esa bu hodisalarni qog‘ozga tushirish har qanday xodimning asab tizimiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol. Ana shunday holatdagi xodimlarning O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida 2 soatdan ortiq vaqt bo‘lishi va u yerdagi ma’naviy merosdan bahramand bo‘lishi ular kayfiyatining ko‘tarilishiga yaxshigina hissa qo‘shadi.
Teatrga tashrif buyurgan soha vakillari dastavval o‘zbek teatrining 150 yilga yaqin tarixi bilan tanishdilar. Muzeydagi eksponatlar har doim ham vaqt topib kelolmaydigan xodimlar uchun yangilik edi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tez-tez madaniyat maskanlariga kelishini madaniyat sohasi vakillari ularning xalqqa yaqin bo‘layotgani bilan izohlashmoqda.
Tadbir davomida namoyish etilgan turmush tashvishlari, oila muammolarini hal qilish kabi holatlarni o‘zida aks ettirgan “Ko‘ngil” deb nomlanuvchi sahna asari yig‘ilganlarni ma’naviy hordiq chiqarishiga hissa qo‘shdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar