12:44 / 18.02.2020
3 588

Karantin muddati tugagan 294 nafar fuqarolar uyiga​ kuzatildi (foto)

Karantin muddati tugagan 294 nafar fuqarolar uyiga​ kuzatildi (foto)
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Avval xabar qilganimizdek, turli maqsadlarda Xitoyda safarda bo‘lgan jami 584 nafar vatandoshimiz joriy yilning 4-6 fevral kunlari uchta charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingan va 14 kunlik karantinga joylangan edi.
Bugun, karantin muddati tugaganligi bois ularning 294 nafari o‘z uyiga kuzatildi, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
– “Bo‘ston” sanatoriysi to‘liq karantin talablari asosida jihozlandi. Kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlandi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitaniya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.
– Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilib, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlandi. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi. Oshxonalarda 14 kunlik taomnoma tuzilib, kuniga uch marta sifatli ovqatlanish tashkil etildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Karantin ob’ektlarida saqlanayotgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilishlari uchun telefon apparatlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Stomatologiya institutida karantindagi fuqarolar bilan ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari muloqoti uchun videokonferensaloqa vositalari va telefon apparatlari o‘rnatilgan “Call center” faoliyat yuritdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Erta indin karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan boshqa tibbiyot muassasalaridagi Xitoydan olib kelingan fuqarolarimiz ham o‘z uylariga kuzatiladi, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin muddati tugagan 294 nafar fuqarolar uyiga​ kuzatildi (foto)