Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi 16,9 milliard so‘mga sotildi. Bu haqda “E-ijro auksion” ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.
Aktivlarni sotib olgan xaridor ikki yil ichida kamida 25 million dollar pul tikishi va 150 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak. Mehmonxona kamida uch yulduzliga aylanishi lozim.
Shuningdek, mehmonxonaning yangi egasi 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmati) saqlab qolishi kerak. Mehmonxona kompleksining bir qismiga (umumiy maydonning 50 foizidan oshmagan) biznes-markaz xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Agarda binoni buzib tashlash rejalashtirilsa, yangi dizayn originaliga mos kelishi kerak.
10 soatdan ortiq davom etgan auksionda shtab-kvartirasi BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi 16,9 milliard so‘m bilan g‘olib bo‘ldi.
Fajr Mustaqbal General Trading LLC kompaniya esa 16,8 milliard so‘m taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, 12 yildan buyon vayrona ahvolda bo‘lgan “Chorsu” mehmonxonasi 2019 yili ishga tushirilishi haqida o‘tgan yilning may oyida xabar berilgandi. “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Axmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Keyinroq Axmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi