date
views 4 163

Lexus haydovchisi tezlikni oshirgani uchun 29 marotaba kameraga tushgan

Lexus haydovchisi tezlikni oshirgani uchun 29 marotaba kameraga tushgan
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Toshkent shahar yo‘llarida tezlikni o‘lchovchi radarlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan ayrim haydovchilar bir necha marotaba radarning e’tiboriga tushib, sodir etgan qoidabuzarligi uchun javobgarlikka tortilmoqda. Lekin, shunga qaramay tezlik talablariga amal qilmasliklari davom etmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

Misol uchun, “Lexus LX-570” rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.

IIV bu toifadagi haydovchilar bilan profilaktik choralar ko‘rilishi natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi 2020 yilda hali bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi tarafdori ekanligini bildirdi.

Shuningdek, haydovchilarga tezlikni oshirib, radarga tushish obro‘ni oshirmasligini, aksincha oilaviy budjetga yoki og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarishga, begunoh insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolishiga olib kelishini eslatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lexus haydovchisi tezlikni oshirgani uchun 29 marotaba kameraga tushgan