13:04 / 20.02.2020
2 966

MIB faoliyatidan: “Human”dan jabr ko‘rganlarning aksariyati o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishdi

MIB faoliyatidan: “Human”dan jabr ko‘rganlarning aksariyati o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishdi
Avval xabar berilganidek, “Human” xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullayevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, ATIB “Ipoteka bank” hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ishchi guruhlar tomonidan 2020 yil 18-19 fevral kuni ish bo‘yicha o‘tkazilgan ijro harakatlari jarayonida 1007 nafar fuqaro o‘zlariga va yaqinlariga yetkazilgan zarar masalasini qaytarish masalasida murojaat etishdi.
Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan chiqib ketgani aniqlanib, ularning yaqin qarindoshlariga moddiy zararni qaytarish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qisqa muddat davomida 916 nafar undiruvchiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi ochilib, shundan 819 nafariga sud hujjatida ko‘rsatilgan 17,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini o‘tkazilishi ta’minlandi.
Shuningdek, bank kartalariga tushgan mablag‘larni fuqarolarning talablariga ko‘ra bir vaqtning o‘zida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul ko‘rinishida berilmoqda.

Qolgan 97 nafar undiruvchiga pul o‘tkazishda hujjatlarda texnik xatoliklar aniqlangani sababli, ishchi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etish va pul mablag‘larini o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz.

Hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari:
№ Hudud Manzili Telefon raqam
1. Andijon viloyati Andijon sh. Anisi ko‘chasi 1-uy Ipoteka bank (90) 268-18-88
2. Buxoro viloyati Buxoro sh. Iqbol ko‘chasi 10-uy Ipoteka bank (93) 682-82-84
3. Jizzax viloyati Jizzax sh. Sharof Rashidov ko‘chasi 72-uy Ipoteka bank (94) 199-70-05
4. Qashqadaryo viloyati Karshi shahri. Mustaqillik ko‘chasi 49-uy Ipoteka bank (97) 310-00-17
5. Navoiy qiloyati Navoiy sh. Memorlar ko‘chasi 1a-uy Ipoteka bank (99) 381-71-51
6. Namangan viloyati Namangan sh. Navoiy ko‘chasi 63-uy Ipoteka bank (99) 362-90-55
7. Surxondaryo viloyati Termiz sh. Maxmud. Qashgriy 20-uy Ipoteka bank (91) 589-28-25
8. Samarkand viloyati Samarqand shaxri. Firdavsiy ko‘chasi 75-uy Ipoteka bank (97) 575-16-54
9. Sirdaryo viloyati Guliston sh. A.Navoiy ko‘chasi 53-uy Ipoteka bank (97) 224-85-85
10. Farg‘ona viloyati Farg‘ona sh. Qomus ko‘chasi 38-uy Ipoteka bank (94) 550-95-95
11. Xorazm viloyati Urgench sh. O‘zbekiston ko‘chasi 19-uy Ipoteka bank (99) 500-88-86
12. Qoraqalpog‘iston Res. Nukus shaxri A.Ashurmatov ko‘chasi 97-uy Ipoteka bank (91) 306-40-44
13. Toshkent sh. Toshkent sh. Musaqillik shox ko‘chasi 15-uy Ipoteka bank (99) 488-22-45
14. Toshkent v. Toshkent sh. Shirin ko‘chasi 40-uy Toshkent viloyat amaliyot boshqarmasi (93) 919-20-29

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: “Human”dan jabr ko‘rganlarning aksariyati o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishdi