Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq imtiyozlari berishning yangi prinsipi joriy etildi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, endilikda soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksida nazarda tutilgan me’yorlar bo‘yicha beriladi.
Mustasno holatlarda ayrim soliq imtiyozlari prezident qarori asosida joriy etiladi. Alohida imtiyozlar ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, belgilangan soliq stavkasini 50 foizgacha kamaytirish tarzida berilishi mumkin. Bunda imtiyoz muddati uch yildan oshmasligi belgilangan. Ushbu alohida imtiyozlarda QQS, aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar nazarda tutilmaydi.
Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish bo‘yicha me’yor kiritildi.
Bunda soliq to‘lovchida berilgan muddat mobaynida soliqlarni to‘lash imkoniyati yuzaga kelishiga yetarlicha asoslar mavjudligi inobatga olinadi.
Ushbu imtiyoz tegishliligi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi