Asakada turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish uchun odam yollagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shu yilning 9 fevral kuni Asaka tumanidagi «Gumbaz» kafesi oldida ayol O.D. (1984 y.t., tadbirkor) fuqaro A.A. bilan ko‘rishib, turmush o‘rtog‘i A.Sh.ni (1985 y.t., tadbirkor) o‘ldirish evaziga 50 ming AQSH dollari va’da qiladi va oldindan 6000 AQSH dollari beradi. Ma’lum vaqtdan keyin ayol «kelishuv» hisobidan «killer»ga tanishi J.E. orqali 2 juft sariq metaldan yasalgan ayollar bilakuzugi va 1 dona sariq metaldan yasalgan zanjir ham berib yuboradi.
Shu yilning 14 fevral kuni kech soat 22.30 atrofida tegishli organ xodimlari tomonidan maxsus tadbir tashkil etiladi. Unga ko‘ra, «yollangan» A.A. va uning tanishi J.E. ayolga «vazifa bajarilganini» haqida xabar bergach, tomonlar Asaka shahridagi «Iris» kafesi binosida uchrashishadi. Ayni jarayonda «killer» ayolga eri o‘ldirilganligi aks etgan fotosuratni telefon apparati orqali ko‘rsatadi. O‘z navbatida ayol «eri gumon qilingani"ga ishonch hosil qilib, va’da qilingan pullar hisobidan tilla taqinchoqlar (ayollar zanjiri, braslet, uzuklar, sirg‘a) berayotgan paytda qo‘lga olinadi.
Ayni paytda ayol qamoqqa olingan. Unga nisbatan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi