19:30 / 22.02.2020
3 087

Suratingiz tarqalishiga rozimisiz?

Suratingiz tarqalishiga rozimisiz?
Ko‘chada ketayotganingizda Sizni televideniye uchun tasvirga olishayapti yoki qaysidir suratingiz yo videotasviringiz internetda tarqatilmoqda. Agar Sizga bu yoqmasa «Nega mendan so‘rashmadi?», «Endi nima qilaman?» degan haqli savollar paydo bo‘ladi. Bunday holatlarga ko‘plab duch kelamiz. Xo‘sh buning yechimi qanday?

Adliya vazirligining fikricha fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilish mexanizmlari qonunchilikda to‘liq aks ettirilmagan. Shu sababli, vazirlik Fuqarolik kodeksiga qo‘shimcha kiritishni taklif etmoqda.

Taklif etilayotgan Qonun loyihasida, fuqaroni tasvirga tushirish va undan foydalanishdan oldin qanday holatlarda roziligi olinishi yoki olinmasligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Xususan, loyihaga ko‘ra umumiy holatlarda fuqaroning tasvirini (foto, video, san’at asari ko‘rinishida) boshqa shaxslar tushirishi va undan foydalanishidan oldin roziligini (yozma, og‘zaki yoki harakat bilan) olishi lozim. Agar bunday rozilik olinmaganda, fuqaro tasvirini o‘chirib tashlashni talab qilish hamda yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonni fuqarolik sudi orqali undirish huquqiga ega bo‘lishi belgilanmoqda.

Shuningdek, bedarak yo‘qolgan yoki jinoyat sodir etgan shaxsni qidiruvga berishda, davlat chegarasi va qo‘riqlanadigan hududlardan o‘tish va yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etishda, doimiy kuzatuv joylarida (metro, hiyobon, binolar va boshqa) xavfsizlik, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni manfaatini himoya qilish kabi maqsadlarda tasvirga tushirish va undan foydalanish uchun fuqaroning roziligi talab qilinmasligi nazarda tutilmoqda.

Ayrim toifadagi shaxslarni, xususan, davlat xizmatchilarini xizmat vazifasi o‘tash paytida, davlat va jamoat arboblari hamda ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalarda taniqli shaxslarning tasviridan jamiyat uchun qiziqish uyg‘otadigan axborotlarni tarqatish maqsadida foydalanilganda ham egasining roziligi olinmasligi taklif etilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqaroning sha’nini kamsitadigan, obro‘siga putur yetkazadigan, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga olgan tasvirlarini tarqatishga asos bo‘lmaydi. Bunday harakatlar taqiqlangan bo‘lib, ular uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Qonun loyihasining to‘liq matni bilan regulation.gov.uz'da tanishishingiz va fikr bildirishingiz mumkin.

Adliya vazirligi
jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suratingiz tarqalishiga rozimisiz?