Majburiy ijro byuro Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Xo‘jaguzar” mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori ijrosi talablari asosida tadbir o‘tkazildi.
Shu mahallada yashovchi fuqaro Xayrulla Fayozov o‘zining yashash xonadonining yerto‘la qismida tashkil qilgan duradgorlik ustaxonasida elektr tarmog‘idan foydalanish uchun ta’minotchi korxonadan ruxsatnoma olmasdan va elektr hisoblagichni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Duradgorlik ustaxonasida mavjud bo‘lgan har birining quvvati 4 kVt.ga teng bo‘lgan 3 dona duradgorlik dastgohidan foydalanib kelganligi natijasida davlat manfaatlariga 142 mln. 700 ming so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning Urgut tuman bo‘limi tomonidan fuqaro X.Fayozovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 185(2)-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga snaryadlar yetkazib bermoqda
G‘azo fojiasiga bir yil: Erdo‘g‘on Netanyahu borasida keskin bayonot berdi
Tramp 2017 yilda Putindan Ukraina bo‘yicha maslahat so‘ragan ekan...
Eron oliy rahbari Isroil bo‘ylab raketa zarbasini qanday izohladi?
Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlaydi?
Qahva miyada «baxt garmoni»ni ishlab chiqarishi va yurakka foydali ekanligi aytildi
Ramzan Qodirov urush ehtiyojlari uchun Rossiyaga 100 ta “Jihod mashinasi”ni berdi
Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi