Soxta kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.S. qalbaki 1 mln 550 ming so‘mni fuqaro S.X.ga o‘tkazgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Ushbu qalbaki kupyuralarni fuqaro E.S. tanishi O.O. bilan oldindan til biriktirib, kompyuter va rangli printerdan foydalangan holda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, jami 5 mln so‘m bo‘lgan 50 000 so‘mlik qalbaki kupyuralar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan E.S. va O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi